Barcha yangiliklar







AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
04 May 2026
00:00
Bekobod tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq navbatdagi 27-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.