Barcha yangiliklar
Qo‘qoni mahallasida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
Gallery image 142625
Gallery image 142626
Gallery image 142627
Gallery image 142628
AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
04 May 2026
00:00

Qo‘qoni mahallasida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat G. Risqulova Qo‘qoni mahallasidagi 5-qishloq oilaviy poliklinikasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat holatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, poliklinikada tug‘ish yoshidagi ayollar soni 4314 nafarni tashkil etadi. Har kuni o‘rtacha 30–40 nafar ayol tibbiy ko‘rik uchun murojaat qilmoqda.

Mazkur holatni inobatga olgan holda, poliklinikada qo‘shimcha ravishda kamida 1 nafar ginekolog shifokorga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lida tizimli ishlar davom etmoqda.