Barcha yangiliklar
Achamayli mahallasida xotin-qizlar bandligi – ustuvor vazifa
Gallery image 142610
Gallery image 142611
Gallery image 142612
AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
04 May 2026
00:00

Achamayli mahallasida xotin-qizlar bandligi – ustuvor vazifa

Achamayli mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilmoqda.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati I. Egamberdiyev tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Jarayon davomida mahalla hokim yordamchisi tashabbuslari atroflicha tahlil qilinib, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasidagi samarali ishlar alohida e’tirof etildi.

Ayniqsa, ayollarni hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish hamda oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishlariga yo‘naltirish, ularni kasbga o‘qitish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Natijada, mahallada xotin-qizlarning faolligi ortib, ularning jamiyatdagi o‘rni yanada mustahkamlanmoqda.