Barcha yangiliklar
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
Gallery image 142548
Gallery image 142549
Gallery image 142550
Gallery image 142551
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
08 May 2026
08:06

Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumanning “Markaziy” mahallasi raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi faoliyatlari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, deputatlar M.Ashurov va J.Sadirov, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy ko‘mak berish choralari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

🔷Shuningdek, mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, notinch va muammoli oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Mahallada aholi muammolarini hal etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha aholi murojaatlarini o‘rganish, muammolarni manzilli hal etish va fuqarolar bilan tizimli ishlash holati ko‘rib chiqildi.

🔷Oʻrganish yakunida deputatlar tomonidan “mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi muammolarini oʻz vaqtida bartaraf etish, ijtimoiy himoya va bandlik masalalariga alohida eʼtibor qaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.