Barcha yangiliklar
Termiz shahrining "Abdurahmon Jomiy" mahallasi yettiligi faoliyati hamda investitsiya loyihalari o'rganildi
Gallery image 142537
Gallery image 142538
Gallery image 142539
Gallery image 142540
Gallery image 142541
Gallery image 142542
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
12 May 2026
20:50

Termiz shahrining "Abdurahmon Jomiy" mahallasi yettiligi faoliyati hamda investitsiya loyihalari o'rganildi

O‘rganishda 2026-yilgi hududiy investitsiya dasturi doirasidagi istiqbolli loyiha “TERMIZ QURILISH INDUSTRIYA SANOAT” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan zamonaviy ko‘p qavatli turar joy majmuasidagi jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.

Nazorat-tahlil tadbiri davomida qurilish ishlarining sifati va xalqaro standartlarga mosligi, loyihani o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha belgilangan grafik ijrosi, aholi uchun qulay infratuzilma (bolalar maydonchalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari) yaratilishi holati ko'rildi.

Tadbir yakunida quruvchilarga ishlarni sifatli bajarish, belgilangan muddatlarga amal qilish hamda hududning mavjud infratuzilmasiga zarar yetkazmaslik bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mahalla yettiligining amalga oshirayotgan ishlari muhokama qilindi. Mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.