Barcha yangiliklar
Deputatlar hududdagi bunyodkorlik va ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi
Gallery image 142468
Gallery image 142469
Gallery image 142470
Gallery image 142471
Gallery image 142472
Gallery image 142473
Gallery image 142474
Gallery image 142475
Gallery image 142476
Gallery image 142477
Gallery image 142478
Gallery image 142479
Gallery image 142480
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
12 May 2026
19:22

Deputatlar hududdagi bunyodkorlik va ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi

Deputatlar hududdagi bunyodkorlik va ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat J.Donayev hamda Kengash raisi J.Xudoyqulova tuman hokimligi xodimi A.Aliyev bilan birgalikda “Zarbdor” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Grand Sohil Baraka” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan “Temirbeton mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida loyiha doirasida yaratilayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, yangi ish o‘rinlari hamda hudud iqtisodiyotiga qo‘shilayotgan hissa yuzasidan mas’ullar bilan suhbat olib borildi.

Shuningdek, deputatlar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida mahallada olib borilayotgan avtomobil yo‘llari hamda ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari jarayonini ham o‘rgandilar.

Mazkur bunyodkorlik ishlari aholi uchun qulay infratuzilma yaratish, turmush farovonligini oshirish hamda hududni yanada obod qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Xudoyqulova #J_Donayev