Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 142459
Gallery image 142460
Gallery image 142461
Gallery image 142462
Gallery image 142463
Gallery image 142464
Gallery image 142465
Gallery image 142466
Gallery image 142467
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
12 May 2026
19:22

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi va hokim o'rinbosarlari, tashkilot rahbarlari, ekspert va yoshlar maslahat guruhi a'zolari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyada “Xalq nazorati” platformasi orqali kelib tushgan murojaatlarning hal etilishi holatlari, ichimlik suvi, elektr, gaz, yo‘l va kommunal infratuzilma holati, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘larini taqsimlash, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari, sanitariya-epidemiologik holat, chiqindilarni olib chiqish hamda deputat so‘rovlarining ijrosi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.