Barcha yangiliklar
Hovuzak mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
Gallery image 142375
Gallery image 142376
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
12 May 2026
18:39

Hovuzak mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi

✍️ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi V.Ro‘ziyev Hovuzak mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hudud infratuzilmasini o‘rgandi.

⚡️O‘rganishlar davomida mahallaning ayrim ko‘chalarida elektr tarmoqlari tortilgan bo‘lsa-da, ular yaqindagi transformator punktiga ulanmagani, shuningdek beton ustunlar to‘liq o‘rnatilmagani aniqlandi.

📈Mazkur holatlar aholi uchun muayan noqulayliklar keltirib chiqarayotgani ta’kidlanib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rish belgilandi.