Barcha yangiliklar
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempionlari kutib olindi
Gallery image 15455
Gallery image 15456
Gallery image 15457
Gallery image 15458
Gallery image 15459
Gallery image 15460
Gallery image 15461
MAMATALIYEVA MATLUBA AMONOVNA
16 Avg 2024
14:27

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempionlari kutib olindi

🏆 Termiz shahridagi Yakka kurash turlari maktabida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni va sovrindori Bahodir Jalolov hamda Muzaffarbek To‘raboyevlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/axborot_xizmati/38249)

Davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, yoshlar, sportchilar, vohalik sport muxlislari ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov chempionlikni qo‘lga kiritgan bokschimiz Bahodir Jalolov va bronza medali sohibi, kurashchimiz Muzaffarbek To‘raboyevga zarbop to‘n kiydirib, voha ahli nomidan sportchilarimizni erishgan g‘alabalari bilan tabrikladi.

Sportchilarimiz, ularning ota-onalari va yaqinlari so‘zga chiqib, Prezidentimizning sportga qaratayotgan e’tibori, Vatanimiz shuhratini nufuzli musobaqalarda keng tarannum etish uchun sportchilarga yaratayotgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.

Tantanali tadbir ishtirokchilari vohaning mard o‘g‘lonlari bilan esdalik uchun suratlarga tushdi va gullar tuhfa qilishdi.