Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan tuman Kengashi deputati N.Ochilova bilan birgalikda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 142228
Gallery image 142229
Gallery image 142230
Gallery image 142231
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
12 May 2026
18:07

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan tuman Kengashi deputati N.Ochilova bilan birgalikda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Deputatlar_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan tuman Kengashi deputati N.Ochilova bilan birgalikda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida markaz faoliyati, olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari hamda aholining turli qatlamlari bilan ishlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Hozirgi kunda markazda bir nafar rahbar va ikki nafar mutaxassis faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

Shuningdek, markaz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarni mustahkamlash hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram