Barcha yangiliklar
Chempionlar tantanali kutib olindi
Gallery image 15431
Gallery image 15432
Gallery image 15433
Gallery image 15434
Gallery image 15435
Gallery image 15436
Gallery image 15437
Gallery image 15438
Gallery image 15439
Gallery image 15440
MAMATALIYEVA MATLUBA AMONOVNA
16 Avg 2024
10:28

Chempionlar tantanali kutib olindi

Surxondaryolik Olimpiyada chempionlari Termizda tantanali kutib olindi

Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarida ikki karra chempionlikni qo‘lga kiritgan bokschimiz Bahodir Jalolov va dzyudo bo‘yicha bronza medali sohibi Muzaffarbek To‘raboyevlar Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, Sariosiyo va Boysun tumanlari hokimlari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, sportchilarning oila a’zolari hamda vohalik muxlislar ishtirok etishdi.

Ayni damda sportchilarimiz ishtirokida kortej Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab aylanmoqda.