Barcha yangiliklar
Texnikalar holati o‘rganildi
Gallery image 142185
Gallery image 142186
Gallery image 142187
Gallery image 142188
Gallery image 142189
Gallery image 142190
Gallery image 142191
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
12 May 2026
17:58

Texnikalar holati o‘rganildi

 Pastdarg‘om tumani mahalliy budjeti yil boshida aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 234 749 mln so‘mni texnikalarni ta’mirlashga ajratish masalasi navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritildi.

Mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari obodonlashtirish boshqarmasi tuman bo‘limiga tashrif buyurib, mavjud texnikalarning texnik holati, ularning ish faoliyati hamda ta’mirga ehtiyoji bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida texnikalardan samarali foydalanish, ularni o‘z vaqtida ta’mirlash va saqlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali yo‘naltirilishi bo‘yicha takliflar bildirildi.

✔️ Bu kabi o‘rganishlar budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda obodonlashtirish ishlari sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.