Barcha yangiliklar
Suv resurslaridan samarali foydalanish — ustuvor vazifa muhokamada
Gallery image 142154
Gallery image 142155
Gallery image 142156
Gallery image 142157
Gallery image 142158
Gallery image 142159
Gallery image 142160
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
12 May 2026
17:46

Suv resurslaridan samarali foydalanish — ustuvor vazifa muhokamada

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologik masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✅Yig‘ilishda navbatdagi sessiyaga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5 fevraldagi PQ-47-sonli “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi.

📈Mazkur masala yuzasidan tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i A.Turayev amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan hisobot taqdim etdi.

🔧🚰Muhokamalar davomida suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

🚜Komissiya tomonidan qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.