Barcha yangiliklar
TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
Gallery image 15417
Gallery image 15418
Gallery image 15419
Gallery image 15420
Gallery image 15421
Gallery image 15422
Gallery image 15423
MURODOV DALER DAVRON O‘G‘LI
16 Avg 2024
10:00

TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

Gʻozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev, hokimning birinchi o‘rinbosari N.Zoyirov, Xalq deputatlari G'ozg'on shahar Kengashi deputati M.Qodirov hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda hududda faoliyat yurituvchi tadbirkor "Marmarstandart" MCHJ faoliyati yaqindan o‘rganilmoqda.

O‘rganish jarayonida, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, korxonaning eksport salohiyati, yaratilgan ish o‘rinlari va kelgusi rejalar, shu bilan bir qatorda tadbirkorni qiynab kelayotgan muammolar, takliflar xususida tadbirkor hamda mas’ullar bilan atroflicha suhbatlashdi.