Barcha yangiliklar
Kambag‘allikni qisqartirish yo‘lida amaliy yordam
Gallery image 142054
Gallery image 142055
Gallery image 142053
Gallery image 142056
Gallery image 142057
Gallery image 142058
Gallery image 142059
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
12 May 2026
16:52

Kambag‘allikni qisqartirish yo‘lida amaliy yordam

Xususan, “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda daromad manbaini yaratish maqsadida amaliy yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

Joriy yilning shu davriga qadar tumanda 173 nafar kam ta’minlangan oila a’zolariga jami
1 milliard 200 million so‘mlik asbob-uskunalar tarqatilgan bo‘lsa, bugun 2026-yil 12-may kuni ham yana 136 nafar fuqaroga 1 milliard 500 million so‘mlik asbob-uskunalar topshirildi.

Jumladan: — 6 nafar fuqaroga motorollerlar;
— 6 nafar fuqaroga motokultivatorlar;
— 88 nafar fuqaroga tikuv mashinalari;
— 36 nafar fuqaroga boshqa turdagi zarur asbob-uskunalar berilmoqda.

Mazkur amaliy yordamlar orqali fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishi, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi hamda daromadlarini oshirishiga ko‘maklashilmoqda.