Barcha yangiliklar
Chinoz tumani.Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi holati o'rganildi
Gallery image 141978
Gallery image 141979
Gallery image 141980
Gallery image 141981
Gallery image 141982
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
04 May 2026
16:12

Chinoz tumani.Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi holati o'rganildi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi holati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 20-Eshonobod saylov okrugidan saylangan deputat Alimjon Adilbekov tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqib o‘rganildi.

Xususan, tumandagi Eshonobod mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar samaradorligi, ularning mazmun-mohiyati hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o'rganildi.

O‘rganish jarayonida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish hamda doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amaldagi holati tahlil qilindi.

Shu bilan birga, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.