Barcha yangiliklar
Chinoz tumani.Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o'rganildi
Gallery image 141860
Gallery image 141861
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
30 Apr 2026
15:28

Chinoz tumani.Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o'rganildi

Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o'rganildi

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 16-Chorvador saylov okrugidan saylangan deputat Abdumajid Sadirov tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq, tumandagi "Chorvador" mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning amalda qo‘llanilishi holati o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida deputat mahalladagi fuqarolar xonadonlariga Chorvador MFY raisi Shorahimov Shorasul bilan birgalikda borib, ularning yashash sharoitlari, mavjud muammolari hamda davlat tomonidan ajratilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining ijrosi bilan tanishdi. Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅O'rganish davomida ehtiyojmand oilalarga deputat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatildi.