Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
Gallery image 141791
Gallery image 141792
Gallery image 141793
Gallery image 141794
Gallery image 141795
Gallery image 141796
Gallery image 141797
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
12 May 2026
14:35

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi. Tashrif davomida mahallada ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish jarayonida mazkur mahallada jami 8,3 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Ayni paytda ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari doirasida 5,8 kilometr masofadagi yo‘l qismida yer ishlari to‘liq bajarilib, asfalt qoplamasini yotqizish uchun tayyor holatga keltirilgani aniqlandi. Tuman Kengashi raisi yo‘l qurilishi ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi muhimligini ta’kidlab, mutasaddi tashkilotlar va mas’ullarga qurilish jarayonlarini doimiy nazoratda ushlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.