Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 141758
Gallery image 141759
Gallery image 141760
Gallery image 141761
Gallery image 141762
Gallery image 141763
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
12 May 2026
14:22

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Islamova tomonidan tumandagi 10-sonli umumta’lim maktabida ta’lim sifati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida o‘rganish olib borildi.

🔷O‘rganish jarayonida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifati hamda mavjud infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi. Xususan, ta’lim maskani to‘liq mukammal ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgani, sinfxonalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangani va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratilgani alohida e’tirof etildi.

🔷Shuningdek, maktabda yosh avlodning sifatli ta’lim olishi hamda ularning bilim va salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilayotgani ta’kidlandi.