Barcha yangiliklar
Xotira va qadrlash kuni: deputatlar uchrashuvi va sport bayrami
Gallery image 141732
Gallery image 141733
Gallery image 141734
Gallery image 141735
Gallery image 141736
Gallery image 141737
Gallery image 141738
Gallery image 141739
Gallery image 141740
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
08 May 2026
14:10

Xotira va qadrlash kuni: deputatlar uchrashuvi va sport bayrami

Xotira va qadrlash kuni: deputatlar uchrashuvi va sport bayrami

Yurtimizda 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan hududlarda faxriylar, deputatlar va yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Tadbirlar doirasida:

Deputat G.Shafoatova yoshlar bilan uchrashib, bugungi tinch kunlarning qadri, vatanparvarlik va ajdodlar jasorati haqida samimiy muloqotlar o‘tkazmoqdalar.
Deputat R.Shamanov tomonidan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida futbol va kurash bo‘yicha musoqa tashkillashtirildi. Musobaqalarni faxriylarimiz kuzatib borib, yosh sportchilarga oq fotiha berdilar.


"O‘tganlarni yod etish, keksalarimizni e’zozlash — biz uchun ham qarz, ham farzdir," — deya ta'kidladi uchrashuvda ishtirok etgan deputatlar.
Bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash bilan birga, keksalarga bo‘lgan hurmat-ehtiromni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.