Barcha yangiliklar
At-Termiziy mahallasida ijtimoiy soha obyektlari va yo‘l infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi
Gallery image 141721
Gallery image 141722
Gallery image 141723
Gallery image 141724
Gallery image 141725
Gallery image 141726
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
08 May 2026
14:07

At-Termiziy mahallasida ijtimoiy soha obyektlari va yo‘l infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi

At-Termiziy mahallasida ijtimoiy soha obyektlari va yo‘l infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi

Joriy yilning 8-may kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Nazarova, tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi O‘.Shamiyev ishtirokida “At-Termiziy” mahallasida navbatdagi manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlarning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar doirasida belgilangan “yo‘l xaritalari” ijrosini samarali nazorat qilishdan iborat.

Asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
Ta’lim tizimi va investitsiya: Mahalladagi 22-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish hamda 300 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosini qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyida o‘rganildi. Binoning qurilish sifati va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi va barcha jarayonlar deputatlik  nazoratiga olindi.