Barcha yangiliklar
At-Termiziy MFYda o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 141714
Gallery image 141715
Gallery image 141716
Gallery image 141717
Gallery image 141718
Gallery image 141719
Gallery image 141720
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
08 May 2026
14:06

At-Termiziy MFYda o‘rganish ishlari olib borildi

At-Termiziy MFYda o‘rganish ishlari olib borildi

Joriy yilning 8-may kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Nazarova, tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi O‘.Shamiyev ishtirokida “At-Termiziy” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv va o‘rganish markazida quyidagi masalalar bo‘ldi:

“Mahalla yettiligi” faoliyati: Deputat mahalla faollari bilan uchrashib, har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ko‘rsatkichlarni tahlil qildi.
Murojaatlar ijrosi: Mahalla hududidagi ijtimoiy obyektlarning holati va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarning hal etilishi darajasi o‘rganildi.
Ichki yo‘llar holati: Mahalla hududidagi ta’mirtalab ichki yo‘llar ko‘zdan kechirildi. Aholi harakati uchun qulaylik yaratish maqsadida yo‘llarni shag‘allashtirish va asfaltlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

"Mahalla — islohotlarning bosh bo‘g‘ini. Har bir fuqaroning dardi bilan yashash, hudud drayverlarini ishga solish asosiy vazifamizdir," — deb ta’kidladi S.Nazarova.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yo‘l xaritasi belgilab olindi va ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.