Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI: "At-Termiziy" MFYda o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 141701
Gallery image 141702
Gallery image 141703
Gallery image 141704
Gallery image 141705
Gallery image 141706
Gallery image 141707
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
07 May 2026
14:03

DEPUTAT NAZORATI: "At-Termiziy" MFYda o‘rganish ishlari olib borildi

DEPUTAT NAZORATI: "At-Termiziy" MFYda o‘rganish ishlari olib borildi

Bugun "At-Termiziy" mahallasida xalq vakillari ishtirokida keng ko‘lamli o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Deputat S.Nazarova va kotibiyat mudiri A.Avliyakulov mahalla infratuzilmasi hamda aholi salomatligi bilan bog‘liq masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

24 ta tavsiya ijrosi: Mahallada ijtimoiy-iqtisodiy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha berilgan tavsiyalarning hayotga tatbiq etilishi;
"Mahalla yettiligi" faoliyati: Aholi murojaatlari bilan ishlash va tizimli muammolarni hal etishdagi samaradorlik;
Sog‘liqni saqlash: Aholini davlat tomonidan bepul beriladigan dori-darmon vositalari bilan ta’minlanish darajasi;
Infratuzilma: Ichki yo‘llarning holati va yangi o‘rnatilgan beton ustunlarning sifati.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.