Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 141634
Gallery image 141635
Gallery image 141636
Gallery image 141637
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
12 May 2026
12:02

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 665-sonli qarori ijrosi yuzasidan Boʻston mahallasining olis hududida joylashgan aholi yashash punktlaridagi ichki koʻchalarni shagʻallashtirish ishlari oʻrganildi.

📄Oʻrganish jarayonida hududdagi mavjud muammolar, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, ichki koʻchalarni sifatli shagʻallashtirish orqali fuqarolarning kundalik harakatlanishi uchun yanada qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.