Barcha yangiliklar
“TERMIZ AGRO IMPEX” va “SURXON FISH AGRO PROM KO” faoliyati bilan tanishildi
Gallery image 141602
Gallery image 141603
Gallery image 141604
Gallery image 141605
Gallery image 141606
Gallery image 141607
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
06 May 2026
11:58

“TERMIZ AGRO IMPEX” va “SURXON FISH AGRO PROM KO” faoliyati bilan tanishildi

“TERMIZ AGRO IMPEX” va “SURXON FISH AGRO PROM KO” faoliyati bilan tanishildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov, mutaxassis T. Murodov hamda tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi mutaxassisi K. Sagizov bilan birgalikda “Xalqabod” MFY hududida joylashgan “TERMIZ AGRO IMPEX” MChJ faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida korxonada chorvachilik yo‘nalishini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, yaratilgan infratuzilma va ish jarayonlarining tashkil etilishi yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashildi.

Bundan tashqari, “SURXON FISH AGRO PROM KO” MChJda baliqchilik sohasini rivojlantirish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish hamda sohani yanada kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishildi. Korxonalarning hudud iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o‘rni alohida e’tirof etildi.