Barcha yangiliklar
Aholi muammolari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 141586
Gallery image 141587
Gallery image 141588
Gallery image 141589
Gallery image 141590
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
06 May 2026
11:55

Aholi muammolari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi

Aholi muammolari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A. Avliyakulov M. Eshtemirov MFY hududida fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi. Unda MFY “yettiligi” a’zolari hamda tuman adliya bo‘limi vakili ham ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalar atroflicha tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha esa mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning muammolarini tizimli hal etish hamda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Mazkur sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.