Barcha yangiliklar
Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni
Gallery image 141533
Gallery image 141534
Gallery image 141535
Gallery image 141536
Gallery image 141537
Gallery image 141538
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
03 Apr 2026
11:44

Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni

 Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Isakov Rustam Rahmanovich tomonidan “Yangi hayot” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida “Barkamol avlod” MFY, Bog‘dod ko‘chasida yashovchi fuqaro Qodirov Mahmudjon murojaati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida M.Qodirovning yashash xonadoni oldidan oqib o‘tgan katta ariq (zakan) hududida noqonuniy chiqindixona tashkil etilganligi, aholi tomonidan chiqindilar tashlab ketilayotgan holatlar mavjudligi aniqlandi.

Ushbu muammoni bartaraf etish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi hamda masala nazoratga olindi.