Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 141501
Gallery image 141502
Gallery image 141503
Gallery image 141504
Gallery image 141505
Gallery image 141506
Gallery image 141507
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
12 May 2026
11:39

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Soatov hamda tuman Kengashi deputati N.Turdiyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumandagi 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.

📄O‘rganish jarayonida obyekt hududida bir qator kamchilik va tugallanmagan ishlar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, bolalar o‘yingohi to‘liq foydalanishga topshirilmagani, hojatxonalar qurilishi oxiriga yetkazilmagani, qorovullar xonasi chala holatda ekani hamda elektr montaj ishlari yakunlanmagani ma’lum bo‘ldi.

🔷Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etilishi belgilandi.