Barcha yangiliklar
Soliobodda "Mahalla yettiligi" faoliyati tahliliy ko‘zdan kechirildi
Gallery image 141434
Gallery image 141435
Gallery image 141436
Gallery image 141437
Gallery image 141438
Gallery image 141439
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
05 May 2026
11:21

Soliobodda "Mahalla yettiligi" faoliyati tahliliy ko‘zdan kechirildi

Soliobodda "Mahalla yettiligi" faoliyati tahliliy ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda 12-Soliobod okrugidan saylangan deputat Z.Achildiyev ishtirokida mahalla hayoti va aholi farovonligiga mas’ul bo‘lgan tizim faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga qaratilib, quyidagi yo‘nalishlar tahlil qilindi:

✅ Bandlik va tadbirkorlik: Hokim yordamchisi va Yoshlar yetakchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda subsidiyalar ajratish borasidagi ishlarining samarasi.
✅ Ijtimoiy himoya: Ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand toifalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarning o‘z vaqtida, manzilli yetkazilishi.
✅ Xavfsiz va osoyishta mahalla: Hududdagi jinoyatchilik holati, xususan, "qizil" va "sariq" toifadagi hududlarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik ishlar.

📌 Xulosa o‘rnida: O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mahalla mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi. Maqsad — mahalladagi har bir xonadon muammosiga yechim topish va xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga ko‘tarishdir.