Barcha yangiliklar
Sog‘lom avlod – yurt kelajagi!
Gallery image 141376
Gallery image 141377
Gallery image 141378
Gallery image 141379
Gallery image 141380
Gallery image 141381
Gallery image 141382
Gallery image 141383
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
12 May 2026
09:58

Sog‘lom avlod – yurt kelajagi!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova hamda ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat yo‘nalishidagi doimiy komissiya a’zolari X.Turdiyev va J.Ochilovlar navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

❇️O‘rganishda tumandagi 2-son sport maktabida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

✅Jarayonda sport maktabi moddiy-texnik bazasi, to‘garaklar faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ular natijadorligi atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiya bildirildi.

📈Bunday o‘rganishlar orqali joylarda sog‘lom turmush tarzini keng yoyish, yoshlarning sportga qiziqishini oshirish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada yuksaltirish ko‘zda tutilmoqda..