Barcha yangiliklar
Sport – sog‘lom turmush garovi!
Gallery image 141348
Gallery image 141349
Gallery image 141350
Gallery image 141351
Gallery image 141352
Gallery image 141353
Gallery image 141354
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
12 May 2026
09:50

Sport – sog‘lom turmush garovi!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova hamda ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari X.Turdiyev va J.Ochilovlar bilan birgalikda Kengashning navbatdagi sessiyasiga kiritilgan muhim masalalardan biri yuzasidan o‘rganish olib bordi.

🏃🏃‍♀Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida tumandagi 1-son sport maktabi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

📈O‘rganishda muassasadagi mavjud shart-sharoitlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport to‘garaklari faoliyati tahlil qilindi.

🛣Mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

✅Bu kabi o‘rganishlar orqali sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni sportga keng jalb etish va kelgusida sport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilinadi.