Barcha yangiliklar
Aholi murojaatlari e’tibor markazida
Gallery image 141331
CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
06 May 2026
09:43

Aholi murojaatlari e’tibor markazida

Aholi murojaatlari e’tibor markazida

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashining 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Yuldosheva Sevara Yangi turmush mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi vakillari tomonidan ko‘tarilgan masalalar, kundalik hayotda uchrayotgan muammolar atroflicha tinglandi. Deputat har bir murojaatga e’tibor qaratib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganib chiqdi hamda ularning yechimi yuzasidan bildirilgan taklif va muammolarni hal etish maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovlari yuborilishi rejalashtirildi. Muloqot jarayonida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning manfaatlarini himoya qilish deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi aytildi.