Barcha yangiliklar
Ishsizlikni oldini olish va tadbirkorlik yo‘nalishida o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 141270
Gallery image 141271
Gallery image 141272
Gallery image 141273
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
30 Mar 2026
09:24

Ishsizlikni oldini olish va tadbirkorlik yo‘nalishida o‘rganish ishlari olib borildi

Ishsizlikni oldini olish va tadbirkorlik yo‘nalishida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat N. Ubaydullayev, deputat O. Yusupov hamda Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan ishsizlikni oldini olish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏭 O‘rganishlar doirasida hududdagi chevarlik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan chevarxonalar faoliyati o‘rganildi. U yerda yaratilgan shart-sharoitlar, ish jarayonlari, ishchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishildi.

🧵 Shuningdek, chevarlik faoliyati orqali aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi hamda mavjud muammolar va takliflar o‘rganildi.

📊 Mazkur yo‘nalishda aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.