Barcha yangiliklar
Deputat fuqarolar muammolarini eshitdi va yechim yo‘llarini tushuntirdi
Gallery image 141225
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
12 May 2026
09:11

Deputat fuqarolar muammolarini eshitdi va yechim yo‘llarini tushuntirdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Pardayev o‘z saylov okrugida kredit to‘lovlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
️Uchrashuv davomida aholining savollari tinglanib, mavjud vaziyat bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Fuqarolarga kredit to‘lovlarini yengillashtirish imkoniyatlari, mavjud imtiyozlar hamda muammolarni qonuniy yo‘l bilan hal etish mexanizmlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, har bir murojaat alohida o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularning yechimiga xizmat qiladi.