Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 141218
Gallery image 141219
Gallery image 141220
Gallery image 141221
Gallery image 141222
SHERMUXAMEDOV XAYRIDDIN SAYFUTDINOVICH
08 May 2026
00:00

Deputat nazorati

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati, 29-Xuvaydo saylov okrugi deputati tomonidan “Xuvaydo” mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat yuritayotgan masʼullar ish faoliyatini oʻrgandi.
Oʻrganishda mahalla fuqarolar yigʻini raisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli ishtirok etdi.
Oʻrganish jarayonida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha PQ-1-son qarori ijrosi, aholi, ayniqsa yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini taʼminlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari bilan ishlashni kuchaytirish va mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan taklif hamda mulohazalar tinglandi. Masʼullarga aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish va yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash borasida qator tavsiyalar berildi.
Oʻrganish yakunida deputat tomonidan kelgusida ham aholi farovonligi, tinchligi va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash yoʻlida hamkorlikdagi ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi.