Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 141207
Gallery image 141208
Gallery image 141209
Gallery image 141210
Gallery image 141211
Gallery image 141212
Gallery image 141213
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
12 May 2026
09:04

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi raisi, 25-okrug deputati Baxtiyor Maxmadaliyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Olim Toirov tomonidan 16-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun bunyod etilgan zamonaviy sport maydonchasining holati hamda unda mavjud sport anjomlarining sifati va foydalanish darajasi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida sport maydonchasida yaratilgan sharoitlarning yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sport jihozlarining texnik holati, xavfsizlik talablariga muvofiqligi va infratuzilmadan samarali foydalanish masalalari atroflicha o‘rganildi.

Sport maydonchasida o‘quvchilar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.