Barcha yangiliklar
Deputat faoliyat
Gallery image 141204
Gallery image 141205
Gallery image 141206
SHERMUXAMEDOV XAYRIDDIN SAYFUTDINOVICH
07 May 2026
00:00

Deputat faoliyat

Shayxontohur tumanidagi “Samarqand Darvoza” mahalla fuqarolar yigʻini binosida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari D.Islamova va M.Raxmatillayevalar ishtirokida tuman mas'ullari bilan sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Mazkur qabulda tuman hokimi, hokim oʻrinbosarlari, boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida, fuqarolarning barcha murojaatlari toʻliq koʻrib chiqildi va ijobiy hal qilish choralari belgilab olindi.
Qabul davomida deputatlarning takliflari va tavsiyalari asosida tuman mas'ullari o'rtasida chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tadbir yakunida deputatlar tomonidan bu kabi sayyor qabullar fuqarolar va davlat organlari oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlashga asossiy omil ekanligini taʼkidlab oʻtildi.