Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 141197
Gallery image 141198
Gallery image 141199
Gallery image 141200
Gallery image 141201
Gallery image 141202
Gallery image 141203
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
12 May 2026
09:02

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi raisi, 25-okrug deputati Baxtiyor Maxmadaliyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Olim Toirov tomonidan 16-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan robototexnika xonasining moddiy-texnik jihozlanish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, kompyuter jamlanmalari hamda amaliy mashg‘ulotlarning tashkil etilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, yoshlarning zamonaviy kasb va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda IT va robototexnika yo‘nalishidagi bilimlarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.