Barcha yangiliklar
Bozordagi narx-navolar va sanitariya holati o‘rganildi
Gallery image 141033
Gallery image 141034
Gallery image 141035
Gallery image 141036
Gallery image 141037
Gallery image 141038
Gallery image 141039
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
07 May 2026
00:00

Bozordagi narx-navolar va sanitariya holati o‘rganildi

Bozordagi narx-navolar va sanitariya holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan tuman markaziy dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi, mahsulotlarning yetarlilik darajasi, savdo rastalaridagi tartib-intizom hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bozorda aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berilishi, narxlar barqarorligini ta’minlash hamda sanitariya talablariga qat’iy amal qilish yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Q_Igamberdiyeva #A_Mamarajabov