Barcha yangiliklar
Yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi
Gallery image 141006
Gallery image 141007
Gallery image 141008
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
06 May 2026
00:00

Yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi

Yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B.Ochildiyev hududidagi “Istiqlol” mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolari va qiziqishlari asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar ham muhokama qilindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Mamarajabov