Barcha yangiliklar
Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 140846
Gallery image 140847
Gallery image 140848
Gallery image 140849
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
29 Apr 2026
00:00

Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Xolmo‘minov “Kunchiqish” mahallasida bo‘lib, mahalla profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat joylarga chiqib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qildi hamda aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida bildirilgan murojaatlar yuzasidan ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Bu kabi o‘rganishlar hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Xolmominov