Barcha yangiliklar
“Shodlik” mahallasida yo‘l bo‘yi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 140794
Gallery image 140795
Gallery image 140796
Gallery image 140797
Gallery image 140798
Gallery image 140799
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
24 Apr 2026
00:00

“Shodlik” mahallasida yo‘l bo‘yi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi

“Shodlik” mahallasida yo‘l bo‘yi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Alimov Kengash kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev bilan birgalikda “Shodlik” mahallasida bo‘lib, hududdan o‘tgan Manguzar–Qiziriq–Bandixon avtomobil yo‘lining yo‘l chetlarini ko‘tarish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida yo‘l bo‘yida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, hududni tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni yanada obod qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, muddatlari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi. Hududni yanada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev_N_Alimov