Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashi deputati  R.Ro'ziyev  "BIRLIK" mahallasida
Gallery image 15281
ACHILOV UMIRZAK URAZBAYEVICH
12 Avg 2024
16:45

Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashi deputati R.Ro'ziyev "BIRLIK" mahallasida

Mahalla obodligi yurt farovonligining asosidir. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mahalla obodligini ta’minlash maqsadida mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, inson qadri yuksak darajada ulug‘lanmoqda.

Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashi deputati R.Ro'ziyevning navbatdagi tashrif manzili "Birlik" mahalla fuqarolar yig‘ini bo'ldi. Tashrif davomida mahalla faollari, fuqarolar bilan uchrashib, ularning taklif va murojaatlarini o'rgandi. 

Mahallani obod va fayzli manzilga aylantirish, fuqarolar farovon turmush kechirishi uchun mavjud shart-sharoitlar yaratish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilishi belgilandi. Xususan, mahallada ko'cha chiroqlarini o'rnatish va Gagarin hamda Jambul ko'chalarini shag'allashtirish ishlari bilan tanishar ekan, tuman rahbari mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berdi.