Barcha yangiliklar
“Yangikent” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 140776
Gallery image 140777
Gallery image 140778
Gallery image 140779
Gallery image 140780
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
24 Apr 2026
00:00

“Yangikent” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

“Yangikent” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat A.Ergashev bilan birgalikda o'zi saylangan 8-Yangi yo‘l saylov okrugidagi “Yangikent” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni hal etish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Mamarajabov_A_Ergashev