Barcha yangiliklar
“Do‘stlik” mahallasida aholi murojaatlari va tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
Gallery image 140722
Gallery image 140723
Gallery image 140724
Gallery image 140725
Gallery image 140726
Gallery image 140727
Gallery image 140728
Gallery image 140729
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
22 Apr 2026
00:00

“Do‘stlik” mahallasida aholi murojaatlari va tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

“Do‘stlik” mahallasida aholi murojaatlari va tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

🗣Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev o‘ziga biriktirilgan deputat Ch.Alimov bilan hamkorlikda “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda aholi murojaatlarini o‘rgandi.

⏺O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan ijtimoiy, kommunal, bandlik va infratuzilmaga oid murojaatlar tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

⏺Shuningdek, mahallada tomorqadan samarali foydalanib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, issiqxona tashkil etish, va boshqa daromad manbalarini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

⏺Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan mavjud muammolar va takliflar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. Mahallada aholi bandligini oshirish, tomorqadan unumli foydalanish va oilalar daromadini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Donayev_Ch_Alimov