Barcha yangiliklar
“Istara” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 140707
Gallery image 140708
Gallery image 140709
Gallery image 140710
Gallery image 140711
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
21 Apr 2026
00:00

“Istara” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

“Istara” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

✅Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 13-fevraldagi VII-17-15-8-113-K/26-sonli — “Mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tuman hokimi va uning o‘rinbosarlarining mahallalarga biriktirish to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar “Istara” mahallasida muhokama etildi.
Mazkur jarayonda tuman hokimining o‘rinbosari O. Poyanov hamda Kengash kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev ishtirok etib, mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

⏺Tashrif davomida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglanib, ularning ish faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, mahalla idorasiga murojaat qilib kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolari va takliflari atroflicha ko‘rib chiqildi.

⏺Aniqlangan masalalarni belgilangan tartibda o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev_O_Poyanov_Istara