Barcha yangiliklar
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 140691
Gallery image 140692
Gallery image 140693
Gallery image 140694
Gallery image 140695
Gallery image 140696
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
08 May 2026
16:51

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, deputatlar, kun tartibidagi masalalarga aloqador rahbarlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiya ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda uzatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘ktamxon Tojiyeva raisligida o‘tkazilgan Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi mas’ul xodimi, Qo‘qon shahar prokurori, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Qo‘qon shahar DSI boshlig‘i va Qo‘qon shahar hokim o‘rinbosarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobot va axborotlari deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Ma’ruzachilar tomonidan taqdim etilayotgan axborot va hisobotlar qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Deputatlar o‘z takliflari va e’tirozlarini bildirib, taqdim etilgan qarorlar loyihalariga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdilar.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

🇺🇿Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi