Barcha yangiliklar
“Tinchlik” mahallasida muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha o‘rganish ishlari bo‘lib o‘tdi
Gallery image 140686
Gallery image 140687
Gallery image 140688
Gallery image 140689
Gallery image 140690
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
21 Apr 2026
00:00

“Tinchlik” mahallasida muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha o‘rganish ishlari bo‘lib o‘tdi

“Tinchlik” mahallasida muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha o‘rganish ishlari bo‘lib o‘tdi

✅Xalq deputatlari tuman Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A. Ergashevga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov, tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda tuman Kengashi deputati Q. Igamberdiyevalar A. Ergashev saylov okrugiga qarashli “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⏺Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholining kundalik murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yechimi hamda hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi.

⏺Shundan so‘ng mahalla hududi ko‘chama-ko‘cha o‘rganilib, joylardagi infratuzilma, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mavjud kamchiliklar aniqlanib, qayd etib borildi.

⏺O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, shuningdek, deputatlik so‘rovlari kiritish orqali yechim topish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Mamarajabov_J_Xudoyqulova_Q_Igamberdiyeva_A_Ergashev