Barcha yangiliklar
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 140673
Gallery image 140674
Gallery image 140675
Gallery image 140676
Gallery image 140677
Gallery image 140678
Gallery image 140679
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
21 Apr 2026
00:00

Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

✅Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova olib bordi.

🔵Yig‘ilishda tuman moliya organining mahalliy budjet ijrosi, shuningdek tuman salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda ushbu qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan mahalliy budjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

🔵Hisobot davomida budjet tushumlarini ko‘paytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va ularni amaliyotga joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🔵Yig‘ilishda deputatlar tomonidan bir qator savol va takliflar bildirildi. Muhokamalar yakunida mazkur hisobot deputatlar tomonidan ma’qullanib, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#D_komissiya_yigilishi