Barcha yangiliklar
“MEHR VA E’TIBOR — INSON QADRINING YUKSAK IFODASI”
Gallery image 140670
Gallery image 140671
Gallery image 140672
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
08 May 2026
16:46

“MEHR VA E’TIBOR — INSON QADRINING YUKSAK IFODASI”

“MEHR VA E’TIBOR — INSON QADRINING YUKSAK IFODASI”

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna Navoiy shahridagi “Humo” mahallasida istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldi.

Tashrif davomida nuroniylar va ehtiyojmand fuqarolar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti, salomatligi hamda kundalik muammolari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ularga ma’naviy ko‘mak va zarur yordamlar ko‘rsatildi.

Uchrashuv jarayonida yoshi ulug‘ insonlarga hurmat va e’tibor ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash jamiyatimizning muhim qadriyatlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Bunday ezgu tashabbuslar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini ulug‘lash hamda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.